
Salam International
Maktab haqida
Bu zamonaviy ta'lim muassasasi bo'lib, bolalar bog'chasi va umumta'lim maktabini o'z ichiga oladi
Salam International School — bu zamonaviy va xalqaro ta’limni axloqiy tarbiya bilan uyg‘unlashtirgan, har bir o‘quvchining intellektual, jismoniy va ma’naviy rivojlanishiga e’tibor qaratadigan maktabdir. Bizning o‘quv jarayonimiz o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi, bu esa bolalarga uch tilda erkin fikrlash va muloqot qilish imkonini beradi. Ta’lim jarayonini oliy toifali, tajribali mahalliy va xorijiy mutaxassislar olib boradi. Har bir o‘quvchiga individual yondashuv orqali bilim berilib, ularning qiziqishlari va iqtidorlari rivojlantiriladi. Maktabimiz xalqaro Pearson Edexcel dasturi asosida ishlaydi, bu esa o‘quvchilarga dunyo miqyosida tan olingan ta’lim standartlari asosida bilim olish imkoniyatini yaratadi. Salam International School o‘quvchilarni mustaqil fikrlovchi, sog‘lom turmush tarziga ega, axloqli va yetuk shaxs sifatida voyaga yetkazishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
Qulayliklar
- Sport zali
- Kutubxona
- STEM laboratoriyasi
- Bolalar o'yin maydonchasi
Qo'shimcha mashg'ulotlar
Kundalik hayot
O'quv kuni 8:00 dan 17:00 gacha. Sinfda ko'pi bilan 22 o'quvchi bo'ladi. Uch mahal ovqat oylik to'lovga kiritilgan.
Maktab 2018-yilda tashkil etilgan, 500 dan ortiq o'quvchi ta'lim oladi. Ta'lim o'zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi, arab tili chuqurlashtirilib o'qitiladi. Ikkita filial: Yangihayot va Shayxontohur tumanlarida.
To'lov tafsilotlari
Oylik to'lovga kiradi:
- Uch mahal ovqat
Aloqa va joylashuv
O'xshash maktablar
BarchasiYangihayot va atrofdagi boshqa xususiy maktablar.
Evrika SchoolYunusobod tumanidagi xususiy maktab, oylik to'lov 4 900 000 so'm.YunusobodRus4.9 mln so'moyiga
